«Liverpool»ning qanot o'yinchisi Federiko Kyeza yana Seriya Aga qaytishi bilan bog'liq mish-mishlar paydo bo'ldi.
Italiyalik o'yinchi «qizillar»ning treningida bo'lmagan, ammo insayder Fabrizio Romano so'zlariga ko'ra, bu o'yinchining yaqin orada klubdan ketishini anglatmaydi. Kyezada sog'liq bilan bog'liq muammolar yana yuzaga keldi, ammo ularning jiddiyligi haqida aniq ma'lumot yo'q. Transfer bo'yicha ekspert sobiq «Yuventus» yulduzining boshqa klubga o'tishini istisno qilmaydi, lekin hozircha aniq yangiliklar yo'q. Bundan tashqari, agar jarohat jiddiy bo'lsa, qiziqish paydo bo'lmasligi mumkin.
Federiko Kyezaning narxi Transfermarkt baholashiga ko'ra 13 million evrodir. 28 yoshli futbolchining «Liverpool» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
