«Arsenal»ning bosh direktor Richard Garlik, ingliz klublari «Manchester Siti»ga nisbatan 100 dan ortiq moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan ish bo‘yicha tezkor yechim talab qilayotganini ma'lum qildi.
«Bu jarayon juda uzoq davom etmoqda. Liga va klublar hamma narsa haqida aniq ma'lumot olishni xohlaydi. Umid qilamanki, tez orada yechim topiladi», - dedi Garlik BBC Sportga.
Ish bo‘yicha tinglovlar bir yarim yil oldin tugagan bo‘lsa-da, mustaqil komissiya hali ham qaror chiqarmagan.
Ishda noto‘g‘ri moliyaviy ma'lumotlar taqdim etilishi, UEFA moliyaviy fair-play qoidalarining buzilishi va APL moliyaviy qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, tergov bilan yetarlicha hamkorlik qilmaslik kabi da'volar mavjud. «Manchester Siti» barcha ayblovlarni rad etmoqda.
2024 yilda «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenham» «Siti»ni aybdor deb topishsa, kompensatsiya talab qilish huquqini saqlab qolishdi. Ba'zi klublar uchun potentsial yo'qotishlar 116 million evrodan ortiq baholanmoqda.
