Londonning «Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro Ispaniyaning katta klublaridan biriga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchi Ispaniyaga ko‘chishga jiddiy qiziqmoqda, shuning uchun «Real» yoki «Barselona»dan keladigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. U jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng, klub darajasida ham katta trofeylar uchun kurashishni xohlaydi. Himoyachi hozirgi «Tottenhem»da buni amalga oshirish qiyinligini his qilmoqda.
Hozirgi mavsumda 27 yoshli Porro barcha musobaqalarda to‘rt o‘yinda ishtirok etdi, lekin gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi. Transfermarkt mutaxassislari uni 45 million evroga baholamoqda.
