Qanot hujumchisi «Kristal Pelas» Ismaila Sarr «Galatasaray»ning qiziqish doirasida. Turkiya klubi senegal futbolchisi transferi bo'yicha «qarg'alar»ga rasmiy taklif yuborgan. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Sarr Istanbul klubiga shartlarni muhokama qilishga tayyor, ammo transferning amalga oshishi ehtimoli past, chunki «Kristal Pelas»da uning muhim futbolchi ekanligini hisobga olishadi.
O'tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 45 o'yin o'tkazdi, 21 gol urdi va ikki assist berdi. Transfermarkt Sarrni 45 million evroga baholamoqda.
