Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo Rodri bilan bo'lgan muzokaralar haqida ma'lumot berdi.

Avgust oyining boshida «oq-qoralar» o‘yinchini Manchester Sitidan olishda mutlaq favorit hisoblangan, ammo keyinchalik «Barselona» ham jarayonga qo'shildi va ispaniyalik o'yinchi aynan shu klubni tanladi. Yaqinda kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchini rasman qo'shib olganliklarini e'lon qildi.

«Ha, men Rodri bilan bir necha marta gaplashdim. «Real» unga juda yaxshi taklif berdi, lekin u shubhalandi. O'ylaymanki, uning shubhalari mendagi shubhalarni ham keltirib chiqardi. «Real»da shubhalanuvchi o'yinchilar bo'lmasligi kerak, lekin u juda hurmat bilan muomala qildi», – deya Mourinyo so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Rodrining transferi «Barselona»ga 60 million evroga tushdi, yana 16 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin.