«Manchester Yunayted» chorshanba kuni kechqurun o'z muxlislarini hayron qoldirdi – Komoda mehmon sifatida Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

ESPN manbalariga tayanib xabar berishicha, «qizil jinnilar»ning asosiy tarkibi juma kuni mashg'ulotlarga qaytadi. Jamoa payshanba kuni dam olish kunini oldi.

Futbolchilarga dam olish kunini berish qarori jismoniy tiklanish uchun qabul qilingan.

«Manchester Yunayted»ning keyingi o'yini 25-oktabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Maykl Karrik jamoasi Bormutga qarshi Premier-ligada o'ynaydi.

Hozirda «MYU» Angliya chempionatida 13-o'rinda turibdi.