«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee «Napoli»ning transfer maqsadiga aylandi. Italiyalik klub gollandiyalik futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda va allaqachon tegishli so'rov yuborgan, deb xabar beradi insayder Janluka di Marzio. Biroq, manbaga ko'ra, neapolitanlar «qizil iblislar» hujumchisi bilan aniq muzokaralarni boshlashdan oldin, joriy tarkibidan kimnidir qo'yib yuborishlari zarur.
Joshua Zirkzeega qiziqish avvalroq boshqa bir Seriya A vakili – «Yuventus» tomonidan ham bildirildi. 25 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi – 20 million evro, uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
