Himoyachi Vilyam Saliba Madridning "Real" jamoasi e'tiborida turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Biroq, fransuz futbolchisining kelajagi "Arsenal" klubining qo‘lida. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano o‘zining yangi dasturida ma’lum qildi.

"Arsenal" jamoasi Saliba bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. London klubi 24 yoshli futbolchiga taklifini yaxshilagan.

Agar "Arsenal" Saliba bilan yangi kelishuvga erisha olmasa, unda "Real" futbolchining transferi bo‘yicha ish boshlaydi. Aks holda, kelishuv amalga oshmaydi.

Hozirda Vilyam Saliba bilan "Arsenal" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yil mavsumining oxirigacha mo‘ljallangan. Shu sababli, futbolchining kelajagi ayni paytda "Arsenal"ning qaroriga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.