Yarim himoyachi Rodri Barcelonaga «Manchester Siti»dan transfer jarayonini tugatish uchun keldi. Ispan futbolchisi 17-avgust kuni kechqurun Kataloniya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar beradi Marca.
Ushbu kelishidan so'ng, Rodri aeroportda jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Men juda xursandman. Oxirgi kunlar juda qiyin bo'ldi, lekin barchasi hal bo'lgani uchun baxtli man. Albatta, «Barcelonada» o'ynash - bu mening orzuim. Tezroq jamoamga qo'shilishni xohlayman, ularning aksariyatini allaqachon bilaman. Chempionlar ligasi haqida nima deyish mumkin? Biz barcha sovrinlar uchun kurashamiz», - dedi Rodri.
Seshanba kuni ertalab Rodri tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng «Barcelona» transfer haqida rasmiy e'lon qiladi.
«Barcelona» va «Manchester Siti» transferni 76,5 million evroga kelishib oldi. 60 millioni - asosiy summa, qolgan qismi bonuslar sifatida belgilangan.
