Londondagi Chelsi forvardi Liam Delap klubdan ketadigan bo'lsa, Angliya Premer Ligada qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Chelsi joriy yozda o'z forvardini sotishni rejalashtirmoqda. Delapga italiyaning «Komo» klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, avvalroq futbolchi «Everton» va «Nyukasl» bilan bog'langan edi, lekin bu klublar hozircha taklif qilmagan.

Oldinroq xabar berilganidek, «ko'klar» 23 yoshli Delap uchun 35,5 million evro narx belgilagan, u o‘tgan yozda «Ipsvich» klubiga shu narxda o'tgan edi.

«Chelsi» forvardiga narx belgiladi