Sloveniyalik hujumchi «Manchester Yunayted» Benyamin Sheshko jamoasiga 2027-yil yanvarigacha yordam bera olmaydi. Bu haqda jurnalist Lori Uituell xabar berdi.

«Benyamin Sheshko kamida yanvargacha jarohati sababli maydonga tushmaydi», - deb yozadi u shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida.

Hujumchi 2025-yil yozida «RB Leypsig»dan «MYU»ga o‘tgan. Joriy mavsumda Sheshko barcha rasmiy musobaqalarda oltita o‘yinda maydonga tushib, ularda ikki gol urdi. Transfermarkt 23 yoshli hujumchini 75 million evroga baholamoqda.

«MYU» oktyabr oxirida Angliya Premer Ligasi bo‘yicha faqat 17-o‘rinda turibdi.