«Oltin to'p» Krishtianu Ronalduning 2008-yilda qo'lga kiritgan mukofoti tarixdagi eng yaxshisi deb tan olindi. Pullik ovoz berish «Oltin to'p»ning rasmiy saytida o'tkazildi.
Reytingda ikkinchi o'rinda 2012-yilda Lionel Messining «Oltin to'p»i joylashgan. Uchinchi o'rin esa yana Ronalduning 2017-yildagi «Oltin to'p»iga tegishli.
2007/08-yilgi mavsumda Ronalduning «Manchester Yunayted» tarkibida Angliya chempioni bo'lgan va UEFA Chempionlar Ligasi kubogini qo'lga kiritgan. O'sha paytda «qizil iblislar» moskvalik finalda «Chelsi»ni mag'lub etgan. Shuningdek, Ronalduni FIFA va UEFA versiyasi bo'yicha yilning eng yaxshi o'yinchisi deb tanlangan. U o'sha mavsumda jami 42 gol urib, sakkiz assist bergan.
Shuni eslatib o'tamizki, 2026-yilda «Bavariya»ning ingliz hujumchisi Garri Keyn «Oltin to'p»ga ega bo'ldi.
