«Liverpul» qanot o'yinchisi Kodi Gakpo shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha «Tottenhem» bilan kelishuvga erishdi. Bu ma'lumotni TEAMtalk e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Gakpo Merseysayd klubi rahbarlariga klubni tark etish va «Tottenhem»ga qo'shilishni xohlayotganini bildirdi. Futbolchi yangi mavsumda jiddiy raqobat va cheklangan o'yin vaqtini kutayotganini tushunadi, shuning uchun yangi chaqiriqni qabul qilishga intilmoqda.

O'tgan mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik barcha turnirlarda 52 uchrashuvda qatnashib, to'qqiz gol urdi va olti golli uzatma berdi.

Transfermarkt portalining mutaxassislari Gakponing narxini 60 million evro deb baholamoqda.