Yarim himoyachi «Bornmut» Aleks Skott Madridning «Real» klubi tomonidan kuzatilmoqda. Bu ma'lumotni TUTTOmercatoWEB e'lon qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, «Real» 23 yoshli ingliz futbolchisi bilan qiziqmoqda. Garchi «Bornmut» o'z o'yinchisini taxminan 120 million evroga baholasa ham, ispan klubi transfer imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Hozirgi mavsumda Skott barcha musobaqalarda oltita uchrashuvda qatnashdi, bir gol urdi va ikki assistentlik qayd etdi.
Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi.
