Avvalgi «Liverpul» va Angliya terma jamoasi futbolchisi Stiven Djerard «Tottenhem» darvozaboni Antonin Kinski haqida fikr bildirdi.
— «Tottenhem» tarkibi yaxshi, ammo jamoada gol uruvchi forvard va dunyo darajasidagi darvozabon yo‘q. Antonin Kinski jamoaga ko‘plab muammolar tug‘dirdi, chunki u juda tez-tez to‘pni o‘ynashga harakat qildi. U yaxshi darvozabon, lekin bu o‘yinchi top darajada ekanligiga ishonmayman, — deydi Djerardning so‘zlarini «Tottenhem World» etkazmoqda.
Hozirgi mavsumda 23 yoshli Kinski barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda qatnashdi, 11 gol o‘tkazib yubordi va uch marta darvozasi daxlsiz qoldi.
Djerard: «Risharlisonga achinmaslik kerak, u o‘ynashni haqiqatan ham xohlamaydi»
