«Napoli» Londondagi «Arsenal»ning qanot o'yinchisi Gabriel Martinelli uchun asosiy da'vogarlar qatorida qolmoqda.
25 yoshli futbolchini bozorga chiqarayotgan agent, uning xizmatlarini neapolliklarga taklif qilgan, deb xabar beradi jurnalist Janluidji Longari. Ushbu agent, shuningdek, boshqa bir Premier Liga hujumchisi uchun «Napoli»ga transfer ustida ishlamoqda, ammo uning ismi oshkor qilinmagan.
Gabriel Martinellini sotib olishga shuningdek, turklarning «Galatasaray» klubi ham qiziqmoqda, ular 45 million evro taklif qilgan, degan mish-mishlar mavjud. Braziliyalik futbolchining «kanonirlar» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan, ammo bir yillik uzaytirish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi.
