Yarim himoyachi va «Manchester Yunayted»ning kapitani Bruno Fernandes jamoani qishki transfer oynasida tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchi va jamoaning bosh murabbiyi Maykl Karriq o'rtasidagi munosabatlar yomonlashmoqda. «Qizil iblislar» rahbariyati mutaxassisni qo'llab-quvvatlamoqda, Fernandes esa endi muqaddas hisoblanmayapti. Portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq Fernandes «Manchester Yunayted» murabbiyiga tanqid bildirgandi.
Hozirgi mavsumda 32 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 11 uchrashuvda ishtirok etib, to'rtta gol urdi va bir assist berdi. O'ychining klub bilan shartnomasi 2027 yilning iyunida tugaydi.
