Liverspulning hujumchi yarim himoyachisi Federiko Kyeza qishki transfer oynasida Tumanli Albionni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytilgan.
Chop etilgan ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik qanot o'yinchisini milanlik Inter sotib olishga qiziqmoqda. «Nerazzurri» Kyeza transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.
Angliya tomoni, o'z navbatida, Federikoni 15 million evroga baholamoqda.
Joriy Premier-liga mavsumida 29 yoshli futbolchi faqat bitta uchrashuv o'tkazdi. Kyezaning Merseysayd klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozida tugaydi. O'yinchining transfer narxi 10 million evro deb baholanmoqda.
