Londonning «Chelsi» jamoasining qanot o'yinchisi Estevao Villian qishki transfer oynasida «Barselona»ga o'tishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» Esteavo holatini diqqat bilan kuzatmoqda, chunki u «Chelsi»da yetarlicha o'yin vaqti olmayapti. Aytishlaricha, yanvarda braziliyalik o'zini ijaraga berishni so'rashi mumkin. Buni «Barselona» qo'lga olishga tayyor, chunki kataloniyaliklarning sport direktori 19 yoshli talantni uzoq vaqtdan beri yuqori baholamoqda.
Hozirgi mavsumda Estevao barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushdi, lekin birorta ham golli uzatma yoki gol urishga muvaffaq bo'lmadi.
