Klublar insayder Fabrizio Romano'ga murojaatlariga javob bermayapti va uning qo'ng'iroqlarini ko'rganda telefonni olishmayapti.
Ba'zi klublar uni an'anaviy jurnalistdan ko'ra «bezovta qiluvchi influyenser» sifatida qabul qilmoqda va uning nozik transfer muzokaralarini yoritish uslubidan tobora norozilik bildirmoqda.
Norozilar qatorida «Nyukasl Yunayted» ham bor: klub Romano'ning ma'lumotlarni taqdim etish uslubidan tobora bezovta bo'lmoqda, deb xabar bermoqda Matc Corner, Daily Mail'ga tayanib.
Shuni ham qo'shish kerakki, Romano shartnoma e'lon qilinishidan oldin transfer haqida o'ziga xos uslubda xabar beradi: "Here we go".
