Avvalgi «Tottenhem» bosh murabbiyi Garri Rednapp «shporlar» himoyachisi Archi Greyning taraqqiyoti haqida fikr bildirdi.

«Men bu yigitni juda yoqtiraman. U haqiqatan ham ajoyib. U kelganidan beri erishgan yutuqlari juda ta'sirli. U turli pozitsiyalarda o'ynadi. Ba'zi paytlarda hatto kapitan ham bo'lgan», — deya Rednappning so'zlarini keltirmoqda The Overlap.

«Tottenhem» Greyni 2024 yilda «Lids»dan 40 million evrodan ortiq narxda sotib oldi. Bu mavsumda 20 yoshli ingliz futbolchisi barcha musobaqalarda to'qqiz uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Greyning «Tottenhem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.

Rednapp: Pavlyuchenko — so'nggi 20 yil ichida eng yaxshi rus futbolchisi