«Manchester Yunayted»dan yaqin kelajakda himoyachi ketishi mumkin. Gap Lisandro Martines haqida bormoqda, u yaqinda klubni, xususan direktor Jeyson Uilkoksni ochiqchasiga tanqid qildi.
«So'nggi haftalarda u qahramondan qochqinga aylandi - bu ko'p jihatdan «Atletiko»ga qarshi o'yindan keyingi so'zlari tufayli», - deya xabar bermoqda AS nashri.
Manbaga ko'ra, Martines va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi munosabatlar uzilgan. Yozda argentinalik futbolchi klubni tark etishi kutilmoqda.
28 yoshli Lisandro Martinesga Ispaniyaning La Liga klublari - «Barselona» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq matbuotda «Barselona» murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasida chap oyoqli markaziy himoyachini ko'rishni xohlayotgani haqida ko'p yozilgan edi.
