«Manchester Yunayted» kelajakda «Barselona» futbolchisini qo‘lga kiritishi mumkin. The Touchline nashrining xabar berishicha, jurnalist Matteo Moretto ma'lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» hujumchi yarimhimoyachi Fermin Lopez uchun so‘rov yuborgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Angliya Premyer Ligasi klubi hozirda Lopez haqida ma'lumot to‘playapti va transfer shartlarini o‘rganmoqda.

23 yoshli Fermin Lopez mutaxassislar tomonidan Transfermarkt portalida 110 million evro deb baholangan. Hozirgi mavsumda yarimhimoyachi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.