Biz oldin xabar berganimizdek, milliarder Djeff Bezos futbolga sarmoya kiritishga qaror qildi - «Liverpul» aksiyalarini sotib oladi. Sky Sports News xabariga ko'ra, bitim amalga oshadi - ammo Bezos barcha aksiyalarni emas, balki faqat uchdan birini oladi.
Bu shuni anglatadiki, uning K5 Sports investitsiya fondi «Liverpul»ning kelajagi bo'yicha mustaqil qarorlar qabul qila olmaydi. Bitim summasi taxminan yetti milliard AQSh dollarini tashkil etadi, deb ma'lum qilmoqda manba.
Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda «Liverpul» Angliya chempionatini beshinchi o'rinda yakunladi. Angliya Premer Ligasining yangi mavsumi kelasi haftaning oxirida boshlanadi. «Liverpul» «Nyukasl»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
