Markaziy himoyachi «Tottenxem»dan Krishtian Romero yaqinda rasmiy ravishda Madridning «Atletiko» klubiga o‘tadi.
Klublar o‘rtasida transfer shartlari to‘liq kelishilgan bo‘lib, bu haqda juma kuni ma'lum bo‘ldi. Jurnalist Pedro Fulyana xabar berishicha, faqat zarur hujjatlarni rasmiylashtirish qolgan. Barcha rasmiy ishlar yaqin soatlarda hal qilinadi, lekin transfer haqida e'lon berish uchun shanbagacha kutishadi. Ehtimol, rasmiy tasdiqlash ertalab, «matrasniklar»ning mashg‘ulotidan oldin bo‘ladi.
Krishtian Romeroni «Atletiko» 40 million evro evaziga sotib oldi. 28 yoshli argentinalik futbolchi La Ligadagi buyuk klub bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
