«Chelsi» hali ham «Manchester Siti»dan Enzo Fernandeshning transferi bo'yicha taklif olmagan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Avvalroq ma'lum bo'lishicha, «Chelsi» argentinalik futbolchini «shahar» jamoasiga 140 million evro taklif qilinsa, yuborishga tayyor.
Manbaga ko'ra, Fernandesh — «Manchester Siti» murabbiyi Enzo Mareskaning asosiy transfer maqsadi bo'lib, Rodri Ernandesga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Biroq, klub hozircha «Chelsi»ga rasmiy taklif yubormagan. Agar inglizlarning ikkinchi o'rindagi jamoasi 140 million evro taklifini vaqtida yuborsa, «ko'klar» bu bitimga rozi bo'lishadi.
O'tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 54 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va yetti golli uzatma berdi.
