Londonning «Chelsi» jamoasining flang himoyachisi Malo Gusto boshqa yirik klubga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 23 yoshli fransuzni «Tottenhem», «PSJ», «Liverpul», «Bavariya», «Yuventus» va «Manchester Siti» qiziqtirmoqda. Biroq, «shaharchilar» Gusto uchun faqat transfer oynasining oxirida harakat qilishlari mumkinligi ta'kidlangan.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» 87,8 million evro takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

2025/26 yilgi mavsumda Gusto barcha musobaqalarda 49 marta maydonga tushib, 3 gol urdi va 5 assist qayd etdi.