Forvard «Galatasaray» Viktor Osimxen Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bunga Sky Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, nigeriyalik futbolchiga londondagi «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, «Galatasaray» 64,4 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Shuningdek, nigeriyalik futbolchining xizmatlariga saudiyalik «Al-Xilal» ham qiziqmoqda, ammo Osimxenni sotib olish uchun klub avval Karim Benzemani sotishi kerak.

O'tgan mavsumda 27 yoshli Osimxen 33 uchrashuvda 22 gol urdi va sakkiz golli uzatma berdi.

Hozirda forvardning «Galatasaray» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi.