«Bornmut» jamoasining qanot hujumchisi Antuan Semenyo faoliyatini «Manchester Yunayted» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» skautlari mavsum boshidan beri Antuan Semenyoni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» futbolchi uchun taxminan 68 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Avvaliga transfer yozda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, agar Semenyo o‘zining yorqin o‘yinini davom ettirsa, kelishuv yanvarda ham rasmiylashtirilishi mumkin. Joriy mavsumda 25 yoshli Semenyo Angliya Premer-ligasida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, olti bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va uchta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.