«Manchester Siti»ning sport direktori Ugu Viana jamoaning qanot o'yinchisi Jeremi Dokuning o'sishini baholadi.
«Jeremi Doku — katta talant, uning 2023 yilda klubga o'tganidan beri o'sishi hammaga ayon. U bizga kerak bo'lgan qanot o'yinchisi sifatidagi barcha sifatlarga ega. U har kuni rivojlanishni xohlaydi, shuning uchun yangi shartnomaga loyiq», — deya ma'lum qildi funksioner «shaharchilar» matbuot xizmatiga.
Avvalroq «Manchester Siti» 24 yoshli Doku bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuv tomonlar o'rtasida 2031 yilgacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda Doku barcha turnirlarda 47 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
