«Liverpul» yarimhimoyachisi Alekis Mak Allister o'z kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Mening shartnomamda yana bir yarim yil qoldi. O'tgan mavsumda menga shartnomani uzaytirmasliklarini aytishdi. Bu menga juda ta'sir qildi. Ammo men hali ham vaqtim bor. Men «Liverpul»da qolishni juda xohlayman. Bizda bosh murabbiy, sport direktori o'zgardi va yangi investorlar keldi. Vaziyat hali ham o'zgarishi mumkin. Nima bo'lishini ko'ramiz. Men «Liverpul»da baxtliman», — dedi Mak Allister Gaston Edulga bergan intervyusida.

Liverpul 2023 yilda argentinalik futbolchini «Brayton» klubiga 42 million evro to'lab sotib oldi. Bu mavsumda 27 yoshli yarimhimoyachi barcha turnirlarda 14 o'yinda maydonga tushdi, to'rt gol urdi va bir assist berdi.