«Aston Villa»ning bosh murabbiyi Unai Emery «Manchester Yunayted» rahbariyatiga qiziq bo‘lib qoldi. Bu haqda Daily Mail Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Emery — «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karikni almashtirish uchun beshta nomzoddan biri. Ammo muammo shundaki, Emery klubda sport direktorini o‘zi tanlashni afzal ko‘radi va egalari bilan bevosita muloqot qilishga odatlangan, vositachilar orqali ishlashni yoqtirmaydi. Bu ispan mutaxassisini taklif qilishda to‘sqinlik qilishi mumkin.
To‘qqiz turdan so‘ng «Manchester Yunayted» Angliya premyer-ligasi jadvalida 17-o‘rinda turibdi va faqat yetti ochko to‘plagan.
