«Como» jamoasi bosh murabbiyi Sesq Fabregas Londondagi «Arsenal»ning yosh talantlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Chorshanba kuni italiyalik jamoa «kanonirlar»ga «Emireytz»da penalti seriyasida mag'lub bo'ldi. Do'stlik uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi.
«Heyl End» [«Arsenal»ning yoshlar akademiyasi] ajoyib ish olib bormoqda. Bu yerda juda ko'p talantlar bor, lekin ularga ishonish va o'ynashga ruxsat berish kerak – aks holda ularning rivojlanishi to'xtaydi. Ular hamma narsa oson bo'lmasligini tushunishlari kerak. Ular kurashishlari lozim. Endi ular dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o'ynayapti, bu yerda Maxs Douman kabi ajoyib talantni ham o'zini ko'rsatish qiyin», – deydi Fabregas, 2003 yildan 2011 yilgacha «Arsenal»da o'ynagan.
Shu yakshanba kuni Mikel Arteta jamoasi «Manchester Siti» bilan Angliya Superkubogida uchrashadi.
