«Manchester Yunayted» Didey Desham bilan jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash bo'yicha bog'landi.

Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda. Uning ma'lumotlariga ko'ra, fransuz mutaxassisi tanlovda shoshilmayapti va karerasini davom ettirish uchun boshqa variantlarni o'rganmoqchi. 

O'tgan yozda Desham «Real»ni boshqarishni xohlagan, ammo madrid klubi oxir-oqibat Jozef Mourinyoni tanladi.

Oldinroq OAVda «Manchester Yunayted» tez orada Maykl Karikni iste'foga chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Uning o'rniga boshqa nomzodlar sifatida Eddi Hau, Yulian Nagelsman, Unai Emeri, Antonio Conte va Fabiyan Hyurtseler ko'rsatilgan.