«Pari Sen-Jermen» vingeri Ibraim Mbaye «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.
«Qizil iblislar» 18 yoshli futbolchini o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun parijliklar bilan bog'landilar, deya xabar bermoqda Transfer News Live Diario ASga tayanib. Ijaraga olish variantlari mavjud, shuningdek, «PSJ» istiqbolli senegallik futbolchini 50 million evro taklif qilingan taqdirda sotishga tayyor.
Ibraim Mbayega «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi», «Aston Villa», «Tottenhem» va boshqa ko'plab klublar ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 30 million evro deb baholangan, uning «Ligi 1»dagi katta klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
