Sunderland jamoasining yarim himoyachisi Granit Jaka sobiq jamoasi – Londonning Arsenal klubi bilan o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ushbu o‘yin Angliya Premer-ligasining 11-turi doirasida 8 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Jaka Sky Sportsga bergan intervyusida bu o‘yinning unga juda hissiy jihatdan muhimligini ta’kidladi.
U Arsenalda yetti yil davomida faoliyat yuritganini, hanuzgacha ko‘plab sobiq jamoadoshlari va murabbiylar bilan aloqada ekanligini aytdi. Sunderlandda Arsenalga qarshi o‘ynash unga alohida his-tuyg‘ular bag‘ishlashini bildirdi.
Hozirda Sunderland 10 turdan so‘ng 18 ochko bilan jadvalda to‘rtinchi o‘rinda turibdi, Arsenal esa 25 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu uchrashuv futbol muxlislari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.