Usman Diomande «Nottingem Forest» jamoasiga o'tdi. Ivoriyalik markaziy himoyachi haqida xabarni «o'rmonchilar»ning rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.
22 yoshli futbolchi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Diomande Lisabonning «Sporting» jamoasidan sotib olindi. Avvalroq, portugaliyalik jamoa himoyachi uchun 40 million evro olishi haqida ma'lum qilingan edi.
O'tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda qatnashdi va bitta gol urdi. Ivoriyalik milliy jamoa safida esa yosh himoyachi 15 ta uchrashuv o'tkazdi.
