«Barselona» himoyachisi Jyul Kounde Londondagi «Arsenal»ga o'tishi mumkin. Buni Diario Sport xabar qilmoqda.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» 27 yoshli fransuzning transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kounde «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaga juda yoqadi, ammo klub hozircha bitimni ilgari surishga muvaffaq bo'lmadi. «Barselona» himoyachi uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, chunki qo'shimcha moliyaviy resurslarga muhtoj, lekin Kounde «ko'k-qizillar»dan ketishni xohlamaydi.
O'tgan mavsumda Kounde barcha musobaqalarda 47 ta o'yin o'tkazdi, 3 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.
