Angliyaning Nyukasl jamoasi qanot o'yinchisi Djaykob Morfi «Fulxem» bilan bo'lib o'tgan o'yindagi durang haqida fikr bildirdi, u «sorokalar» bir emas, balki uch ochko olishlari mumkinligini ta'kidladi.
«Biz uch ochko olish imkoniyatimizni qo'ldan boy berib, xafa bo'ldik. Ammo jamoaning o'zini qanday ko'rsatgani bilan juda mamnunmiz. Haftamiz qiyin o'tdi, lekin biz o'zimizni yig'dik. Bu jamoaviy muvaffaqiyat edi: har birimiz o'zimizni ko'rsatdik va umumiy natijaga hissa qo'shdik», - deya futbolchining so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Natijada hozirda Nyukasl APL turnir jadvalida o'n birinchi o'rinda turibdi. Keyingi turda jamoa Londondagi Arsenal bilan to'qnash keladi.
