Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o'ninchi turda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, «Hull City» murabbiyi Sergey Yakirovich umidsizlikka tushmagan.
«Biz saboqlar olishimiz kerak. O'ylaymanki, bu jamoa hali ham rivojlanmoqda. Biz uchun bu juda, juda muhim tajriba — bunday darajada, ayniqsa «Arsenal»ga qarshi o'ynash. Biz shu ruhda davom etishimiz va kurashishimiz kerak. Biz raqibni bosimga olishga harakat qildik, ularni chekinishga majbur qildik. Ular qisqa paslar o'ynashga harakat qilishdi — bu oson emas, chunki ko'p kuch sarflash kerak, shuningdek, ularning har bir o'yinchisi seni yengishi mumkin. Men juda mamnunman. Oldinga siljishimiz kerak: har bir o'yin biz uchun muhim saboqdir», - deya BBC Sport mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda.
Natijada hozirda «Hull City» APLda o'n uchinchi o'rinni egallamoqda.
