Londonning «Tottenhem» klubi «Manchester Siti» bilan qanot o'yinchisi Savio o'tishi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Aytishlaricha, «shporlar» 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan, u Londonga o'tishni juda xohlaydi.
Manbaga ko'ra, bitimning summasi 70 million evro bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda barcha tomonlar ushbu transferning amalga oshishiga ishonch bildirmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Savio barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda qatnashib, to'rt marta raqib darvozasi himoyasini yorib o'tdi va uchta golli pas berdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari braziliyalikni 35 million evroga baholamoqda.
