Argentinalik yarim himoyachi «Chelsi» Enzo Fernandes yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Kunu xabariga ko'ra, «ko'klar» Enzo uchun 140 million evro miqdoridagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. U «Chelsi»dan yaxshi taklif bo'lsa, ketishi mumkin bo'lgan o'yinchilar qatoriga kiradi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachini sotib olishda «Manchester Siti» qiziqish bildirgan, shuningdek, «Chelsi» himoyachisi Malo Gyusto ham ular tomonidan xarid qilinmoqchi. Ikkita o'yinchi uchun «shahar» taxminan 228 million evro sarflashni rejalashtirmoqda.
