Markaziy himoyachi «Tottenxem»dan Krestian Romero hali ham «Barselona»ga o'tish variantini inkor etmayapti.

Argentinalik futbolchi bilan muzokaralar Madridning «Atletiko» klubi tomonidan olib borilmoqda, ammo o'yinchi oxirgi qarorini berishda shoshilmayapti. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, Romero qarorni kutmoqchi, chunki «Barselona» uning uchun «matraschilar» bilan raqobatlasha olishini bilmoqchi. Hozirda kataloniyalik klub «Manchester Siti»dan o'yinchi Rodri bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

«Barselona»ning sport direktori Deku Romeroning qobiliyatlarini yuqori baholaydi, ammo aniq muzokaralar hozircha olib borilmayapti. «Tottenxem» 28 yoshli futbolchini sotishdan kamida 40 million evro daromad olishni maqsad qilgan.