«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong «Manchester Siti»ga Rodri Ernandes evaziga o'tishi mumkin. Bunga El Nacional xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar ingliz klubiga Rodri bilan bog'liq kelishuv doirasida de Yongni taklif qilishdi. Ammo bu voqea qanday tugashi hozircha noma'lum.
O'tgan mavsumda 29 yoshli de Yong barcha musobaqalarda 38 o'yinda qatnashdi. U shu vaqt ichida bitta gol urdi va sakkiz marta jamoa do'stlariga assistentlik qildi. Rodri esa o'tgan mavsumda «Manchester Siti» uchun 33 o'yinda ikki marta to'p kiritdi.
Shuni ta'kidlash joizki, yangi evropa mavsumi avgust oyining ikkinchi yarmida boshlanadi.
«Barselona» Rodrini qo'lga kiritishiga ishonch hosil qilmoqda
