Angliya Premer Ligasi chempionlik uchun kurash haqida "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Shanba kuni Mersisayd jamoasi o‘z maydonida "Aston Villa"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, mag‘lubiyatlar seriyasiga barham berdi. Shu natijada "qizillar" jamoasi turnir jadvalida yettinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Biroq jadval yetakchisi "Arsenal"dan orqada qolishlari o‘zgarmadi va ular bilan farq yetti ochkoni tashkil etadi. Shu kuni "kanonirlar" "Bernli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Slot TNT Sportsga bergan intervyusida chempionlik uchun kurash haqida hozircha o‘ylamasligini, ammo jamoasi uchun "Arsenal" birinchi o‘rinda bo‘lishi "Manchester Siti"ga qaraganda foydaliroq ekanini ta’kidladi. Hozirda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" sakkizinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, ular "Arsenal"dan to‘qqiz ochko orqada turadi va bir o‘yini ortda qolgan.

Bugun "Manchester Siti" jadvalda ikkinchi o‘rinda borayotgan "Bornmut"ga qarshi o‘yinni o‘tkazadi.