Chap himoyachi «Rasing» Xorxe Salinas «Manchester Yunayted»ni qiziqtirmoqda.
«Qizil iblislar» 19 yoshli futbolchining shartnomasida belgilangan 16 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda Transfer News Live Sportga tayanib. Kelajagi porloq bo'lgan himoyachiga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda, ammo katalonlar narxni yuqori deb hisoblamoqda.
Xorxe Salinas Manchester Yunayted tomonidan Lyuis Hollga muqobil sifatida ko'rsatilgan. Ingliz futbolchisi ustun variant bo'lgan, ammo uning transferini amalga oshirish qiyin bo'ladi, chunki «Nyukasl» o'yinchini qo'yib yuborishga tayyor emas.
O'tgan mavsumda Salinas «Rasing»da 33 o'yinda 7 gol uzatmasini amalga oshirdi.
