Londondagi Chelsi darvozaboni Mayk Penders «Sanderlend» ga qarshi mag'lubiyatni qora mushuklar stadionida o'ynashning qiyinligi bilan izohlagan.

«Bu stadionga kelganda, o'yin qiyin bo'lishini tushunasiz — bugun ham shunday bo'ldi. Bir payt o'yin juda dinamik bo'lib ketdi, to'p bir darvozadan ikkinchisiga o'tib turdi, ba'zan esa vaziyatni nazoratga olishimiz kerak edi. Raqib butun jamoa (11 o'yinchi) bilan himoyalanganda, bo'sh zonalarni topish juda qiyin bo'ladi», - deya Pendersning so'zlarini BBC Sport keltirmoqda.

Biroq, mag'lubiyatga qaramay, Chelsi APL premyer ligasi jadvalida beshinchi o'rinda qolmoqda.