So'nggi paytlarda «Brighton»ning muvaffaqiyatlariga qaramay, klub chempionat g‘olibligi uchun da’vogarlar qatoriga kirmaydi, deya ma’lum qildi uning yarimhimoyachisi Paskal Gross.
«Biz chempionlik poygasida ishtirok etmayapmiz. Ammo mavsumni juda yaxshi boshladik. Bu hali boshlanishi. Premier-ligaga qarang, natijalar qanchalik yaqin bo‘lishi mumkin — biz hozircha xayolga berilmayapmiz. Har bir o‘yinda ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Ba’zan barchasi o‘yin ritmida. Lekin biz terma jamoalar o‘yinlariga to‘xtab, bunday ko‘rsatkichlar bilan chiqayotganimizdan juda mamnunmiz», - deya keltirmoqda Grossning so‘zlarini BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Brighton» APLda ikkinchi o‘rinda turibdi.
