Ispan agenti Manuel Garsiya eksklyuziv intervyusida Euro-Futbol.Ru nashriga «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri qayerga o'tishi kerakligi haqida javob berdi.

Oldinroq OAVda o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi Rodri uchun «Real» va «Barselona» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

«Sport nuqtai nazaridan Rodri uchun eng qiziqishi kerak bo'lgan klub — bu «Real». Markaziy maydonda o‘yinni boshqaradigan o‘yinchi yo‘q. Tchuameni, Valverde yoki Kamavinga esa tashkilotchilar emas. Rodri esa markaziy maydonning standart o‘yinchisi. «Barselona»da esa, de Jongning jarohatini hisobga olgan holda, Pedri, Gavi, Kasado, Olmo bor.

Shu sababli, men hisoblaymanki, «Real» Rodrini qo‘lga kiritish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishi kerak», — dedi agent.