«Nyukasl» futbol klubi «Marsel»ning yarimhimoyachisi Pyer-Emil Xyoybjerjni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli daniyalik futbolchining narxi taxminan 17 million evro deb baholanmoqda va u jamoaning o'rtasini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. Tajribali yarimhimoyachiga ehtiyoj, Bruno Gimarayeshning «Arsenal»ga o'tishi kutilayotganligi fonida paydo bo'ldi.
Xyoybjerj ingliz futboliga yaxshi tanish: u avvalgi yillarda APLda «Tottenhem» va «Sautgempton» klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumda Xyoybjerj «Marsel» uchun Frantsiya chempionatida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 5 assist berdi.
